Forum haqida

2020-yil 23-25-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi har yili Markaziy Osiyoda yurisprudentsiya sohasida boʻlib oʻtadigan yirik xalqaro tadbir hisoblanadi.

Forum Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda.

Forumning maqsadi – huquqni rivojlantirish muammolari va zamonaviy tendentsiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi xalqaro va milliy ekspertlarni birlashtirgan holda ochiq muloqot maydonchasini yaratishdir.

 

 

Ta'kidlash joizki, 2019 yil aprel oyida boʻlib oʻtgan “Tashkent Law Spring" I Xalqaro yuridik forumida dunyoning 30 ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan 1100 dan oshiq ishtirokchilarni, shu jumladan 250 nafar chet ellik ishtirokchilarni birlashtirdi. Forumda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning yuqori lavozimli rasmiylari, huquq, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlar, dunyodagi yirik huquqshunoslik firmalarning va xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

2019 yilda o'tkazilgan Xalqaro yuridik forum ham mahalliy, ham xorijiy mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingani tashkilotchilarni tadbirni xar yili tashkil qilishga undadi.

Bugungi kunda, IT-texnologiyalarning inson hayotida keng o'rin egallashi, globallashuvning kuchayishi va Internet jahon axborot tarmog'ining kengayishi huquq sohalariga ham bevosita ta'sir o'tkazayotganini, ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish muhim ekanligini inobatga olib, II Xalqaro yuridik forumning bosh mavzusi "Huquq 4.0" (Huquq toʻrtinchi sanoat inqilobi davrida) deb belgilandi.

Shu bilan birga, Forum tadbirlari davomida mediatsiya, arbitraj, advokatura, korporativ boshqaruv, qimmatli qogʼozlar, intellektual mulk, davlat xususiy sheriklik, korruptsiyaga qarshi kurash va komplaens, monopoliyaga qarshi kurash, huquqiy taʼlim va fan va boshqa koʼplab dolzarb mavzular muhokama qilinadi.Forumda Oʼzbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudentsiya, iqtisodiyot sohalaridagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning ishtirok etishi kutilmoqda.Tadbir ishrirokchilari 20 ga yaqin munozara sessiyalari, davra suhbatlari, master-klass va taqdimotlarda ishtirok etishlari, xalqaro darajadagi va milliy ekspertlar lektsiyalarini tinglash imkoniyatiga ega boʼladilar.

Forum tadbirlari davlat (oʼzbek), rus va ingliz tillarida olib boriladi.

P.S. Xalqaro va mahalliy tijorat va notijorat tashkilotlari Forum doirasida homiylik yoki hamkorlik qilishlari mumkin.

Homiylik va hamkorlik masalalari boʻyicha aloqa:

elektron manzil: sponsorship@tashkentlawspring.uz;

telefon: +998901850323.


Tadbir oʻtkazish manzili: Toshkent shahri

 

 

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS