OAV akkreditatsiyasi

 

Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik foruminiyoritish uchun akkreditatsiya qoidalari

 

1. Umumiy qoidalar

         Ommaviy axborot vositalari vakillarini (keyingi o‘rinlarda – OAV) “Tashkent Law Spring” (keyingi o‘rinlarda – Forum deb yuritiladi) II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun akkreditatsiya qilish Forum to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni tayyorlash va tarqatish bo‘yicha kasbiy faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

         OAV vakillarini akkreditatsiya qilish Forumning barcha tadbirlarida uni o‘tkazish muddati davomida ishlash uchun majburiydir.

         Professional faoliyatni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari vakillari Forum ishtirokchilari va xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishlari, shuningdek, umume’tirof etilgan axloqiy me’yorlarga rioya qilishlari shart.

         O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatga olingan jurnalistlar, fotojurnalistlar, OAV teleoperatorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalistlar akkreditatsiya qilish huquqiga ega.

2. Akkreditatsiya tartibi

2.1. Mahalliy OAV

Tadbirlarni yoritishda ishtirok etishni istagan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiya shaklini to‘ldirishlari kerak.

 Akkreditatsiya shakli OAV rahbari tomonidan imzolanishi va OAV muhri bilan tasdiqlanishi kerak.

Akkreditatsiya shaklni barcha maydonlarini to‘ldirish zarur. Ushbu band talablariga javob bermaydigan ariza - shakllar ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi.

To‘ldirilgan, akkreditatsiya shaklini forum tashkilotchisining elektron manziliga yuborilishi kerak: 

accreditation@tashkentlawspring.uz; press@minjust.gov.uz .

2.2. Xorijiy OAV

Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomasining nusxasi va belgilangan hajmdagi fotosurat (3,5 x 4,5) taqdim etilishi lozim. Barcha hujatlar forum tashkilotchisining elektron manziliga yuborilishi kerak: accreditation@tashkentlawspring.uz ; press@minjust.gov.uz .

Akkreditatsiya 1-martdan boshlanadi va 15-aprelda yakunlanadi. Arizalarni ko‘rib chiqish muddati forum tashkilotchisi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgan kundan boshlab 7 ish kunigacha davom etadi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘lmagan shaxslar akkreditatsiya qilish huquqiga ega emaslar.

Forum tashkilotchilari akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar sonini cheklash, o‘zi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, akkreditatsiya qilish tartib-taomilidan o‘z vaqtida o‘tmagan, tadbirda ishlash qoidalarini buzgan ommaviy axborot vositalari vakiliga akkreditatsiyadan o‘tishni rad etish huquqiga ega.

         Forumning tashkilotchilari sabablarni tushuntirmasdan OAV vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

         Akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalari vakillari forum tashkilotchilari tamonidan guvohnoma beriladi.

         Guvohnoma har bir shaxs uchun alohida beriladi, uni forum davomida uchinchi shaxslarga berib yuborish taqiqlanadi.

         Guvohnomani forum davomida ko‘zga ko‘rinadigan joyda taqib yurish zarur.

Akkreditatsiya qilingan jurnalistlarni ro‘yxatga olish va guvohnomani berish Forumni matbuot xizmatining ma’lumotlar bazasida akkreditatsiya tasdiqlangan va tahririy guvohnoma taqdim etilganda so‘ng “Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish” stendida amalga oshiriladi.

Guvohnoma yo‘qotilgan taqdirda, ommaviy axborot vositalari vakillari Forumning tashkilotchilariga bu haqida darhol xabar berishlari kerak. Shundan so‘ng yo‘qolgan guvohnoma bloklanadi. Ommaviy axborot vositalari vakilining yozma arizasi asosida dublikat beriladi.

3. OAV vakillarining huquqlari va majburiyatlari

Akkreditatsiyalangan OAV vakili quyidagi huquqlarga ega:

-  munozara va biznes tadbirlarida ishtirok etish;

-  tadbirlar dasturi haqida ma’lumot olish;

-  forumda video yoki suratga olish;

-  jurnalistlar uchun mo‘ljallangan barcha xizmatlardan foydalanish;

-  matbuot markazi mavjud bo‘lgan taqdirda, unda Forum davomida uning texnik vositalaridan foydalanish;

-  matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa matbuot tadbirlarida ishtirok etish.

Akkreditatsiyalangan jurnalist majburiyatlari:

-  forumda ishlash vaqtida guvohnomani o‘zi bilan olib yurish;

-  kasbiy faoliyatni amalga oshirishda jurnalistning shaxsini va vakolatlarini tasdiqlovchi birinchi talab bo‘yicha tahririyat guvohnomasi yoki boshqa hujjatni taqdim etish;

-  matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan bo‘lsa, tadbir jarayoniga aralashmaslik kerak;

- aniq ma’lumotni taqdim etish;

-  tadbirlar uchun belgilangan qoidalarga rioya qilish, tadbir xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan foto/video suratga olishni amalga oshirmaslik;

-  rasmiy ma’lumotlardan foydalanganda, tadbir ishtirokchilarining bayonotlarini keltirishda tayyor materiallar tadbir nomini va olingan ma’lumotlarning manbasini eslatib otish zarur.

 

4. Yakunlovchi qoidalar

         Akkreditatsiya mavjudligi maxsus taklifnomalarni talab qiladigan tadbirlarda ishtirok etishni nazarda tutmaydi.

         Ba’zi hollarda maxsus akkreditatsiya amalga oshirilishi mumkin, uning e’lonlari Forumning rasmiy saytida “Media” bo‘limida e’lon qilinadi. ‘

         Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun forum Tashkilotchisining matbuot markaziga quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (+99871) 268-28-41,(+99897)780-52-42

Shaklni yuklab olish.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS