Buxoroga sayohat

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Buxoro shahri boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.

200 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Buxoro shahriga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

Turistik paket narxiga Toshkent-Buxoro va orqaga qaytish uchun temir yoʻl transporti chiptalari, temir yoʻl vokzalidan mehmonxonaga va memonxonadan temir yoʻl vokzaliga, mehmonxonada bir kun qolish, nonushta, 2 marta tushlik va 1 marta kechki ovqat konsert dasturi bilan, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.

Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishlardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.

Responsive image

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumining

MADANIY DASTURI

27-aprel

0730

- Toshkentdan yoʻlga chiqish

1120

- Buxoro sh. temir yoʻl vokzaliga kelish

1140 - 1300

- Buxoro sh. Obidalarni tomosha qilish (Sitorai Mohi Xosa)

1300 -1430

- Tushlik

1430-1700

- Buxoro sh. obidalarini tomosha qilish

("Labi hovuz" ansambli, "Shahriston" majmuasi, Minorai Kalon, "Mir Arab" madrasasi, Masjidi Kalon, "Ark" qal'asi)

1700

- Mehmonxonaga yoʻl olish

1700-1830

- Hordiq

1830-2130

- Kechki ovqat (konsert dasturi bilan)

2130

- Mehmonxonaga yoʻl olish

28-aprel

0800-0900

- Nonushta

0900-1230

- Buxoro sh. obidalarini tomosha qilish

(Somoniylar mavzoleyi, Bolo xovuz, "Modarixon" madrasasi, kompleks "Chor bakr")

1230-1430

- Tushlik

1430-1500

- Mehmonxonada hordiq

1500

- Buxoro sh. temir yoʻl vokzaliga yoʻl olish

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS