Koʻp beriladigan savollar

1. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining tashkilotchisi kim?
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining tashkilotchisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
2. “Tashkent Law Spring”​ II Xalqaro yuridik forumi qachon va qayerda boʻlib oʻtadi?
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi 2020 yilning 23-25 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” pavilonida boʻlib oʻtadi.
Manzil: Toshkent sh., Amir Temur shoh koʻchasi, 107.
3. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi qaysi maqsadda oʻtkazilmoqda?
Forumning asosiy maqsadi bugungi jadal modernizatsiya davrida huquq rivojlanishining soʻnggi tendensiyalari va investitsion hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik fan va amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish.
2. “Tashkent Law Spring”​ II Xalqaro yuridik forumi qachon va qayerda boʻlib oʻtadi?
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi 2020 yilning 23-25 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” pavilonida boʻlib oʻtadi.
Manzil: Toshkent sh., Amir Temur shoh koʻchasi, 107.
4. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining maqsadli auditoriyasi kimlar?
Forumning maqsadli auditoriyasiga quyidagilar kiradi: – xorijning yetakchi yuridik konsalting kompaniyalarining vakillari; – arbitraj va mediatsiya soxasidagi xalqaro ekspertlar; – davlat boshqaruvi va strategik loyihalash sohasidagi xalqaro ekspertlar; – korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tashkilotlarning vakillari; – xorijiy sud-ekspertiza muassasalarining vakillari; – yuridik xizmatlarni koʻrsatish soxasidagi xalqaro va xorijiy ekspertlar; – davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sohasidagi xorijiy ekspertlar; – yurisprudensiya sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari vakillari; – biznes tuzilmalari va xuquq-tartibot organlari vakillari.
5. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun qanday qilib roʻyxatdan oʻtish mumkin?
Forumda ishtirok etish uchun Siz saytning “Ishtirokchini roʻyxatga olish” boʻlimidagi formani toʻldirib, roʻyxatdan oʻtishingiz lozim.
6. Men roʻyxatga olish formasini toʻldirdim, lekin mening elektron pochtamga tasdiqlovchi xat kelmadi. Nima qilay?
– Xatni maʼqul boʻlmagan xatlar (spam) papkasidan izlab koʻring; – maʼqul boʻlmagan xatlar (spam) papkasida ham tasdiqlovchi xat topilmasa, oʻz maʼlumotlaringizni registration@tashkentlawspring.uz manziliga yuboring.
7. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun qanday toʻlovlarni amalga oshirish kerak va toʻlov miqdori qancha?
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun toʻlovlar miqdori va tartibi haqida saytning “Ishtirok etish shartlari” boʻlimidan maʼlumot olishingiz mumkin.
8. Forum davomida qayerda qolishim mumkin?
Toshkent shahridagi mehmonxonalar roʻyxati bilan “Mehmonxonalar” boʻlimida tanishishingiz mumkin.
9. “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumining dasturida madaniy tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilganmi?
“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi doirasida hohlovchilar uchun Samarqandning tarixiy obidalariga tashrif buyurish, Xiva va Nukusga turistik sayoxat amalga oshirish, Buxoro va Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, golf-turnirda ishtirok etish tashkillashtiriladi.

Agar savolingizga javob topa olmagan boʻlsangiz, info@tashkentlawspring.uz elektron pochtasiga savol yuborishingiz mumkin.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS