“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Fargʻona viloyati boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.
200 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Fargʻona viloyatining Qoʻqon, Rishton, Margʻilon shaharlariga tashrif buyurib, u yerdagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.
Turistik paket narxiga Toshkent-Margʻilon va Qoʻqon-Toshkent temir yoʻl transporti chiptalari, temir yoʻl vokzalidan mehmonxonaga va memonxonadan temir yoʻl vokzaliga transfer, mehmonxonada bir kun qolish, 1 marta nonushta,
2 marta tushlik va 1 marta kechki ovqat, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.
Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishdardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent sh., Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.
“TASHKENT LAW SPRING” Xalqaro yuridik forumining
MADANIY DASTURI
27-aprel, birinchi kun |
|
800 |
- Toshkentdan yoʻlga chiqish |
1310 |
- Margʻilon temir yoʻl vokzalida kutib olish |
1330-1430 |
- Tushlik |
1430-1900 |
- Margʻilon shahri bilan tanishtirish (“Yodgorlik” ipakchilik korxonasi va “Said Axmad xoʻja” madrasasi). |
1930 |
- Kechki ovqat |
1930 |
- Mehmonxonaga yoʻl olish |
28-aprel, ikkinchi kun |
|
800 |
- Rishtonga yoʻl olish |
845-1200 |
- Rishton tumani bilan tanishtirish (A.Nazirov kulolchilik uy muzeyi, Rishton-yaponiya markazi). |
1200 |
- Qoʻqon shahriga yoʻl olish |
1230-1330 |
- Tushlik |
1330-1730 |
- Qoʻqon shahri bilan tanishtirish (Xudoyorxon oʻrdasi, Jome masjidi, Norboʻtabek). |
1738 |
- Qoʻqon temir yoʻl vokzali orqali kuzatib yuborish |