Xiva va Nukusga sayohat

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning qiziqarli shaharlari, shu jumladan Xiva va Nukus shaharlari boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.

300 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Xiva va Nukus shaharlariga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

Turistik paket narxiga Toshkent-Urganch va Nukus-Toshkent yonalishi boʻyicha aviachiptalar, nonushta, 2 marta tushlik, shundan bir kuni Xiva folklor ansambli konsert dasturini oʻz ichiga olgan holda mehmonxonada bir kun qolish, 2 marta kechki ovqat, madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.

Bundan tashqari Xiva-Nukus yoʻnalishi Moʻynoq shahridagi Orol dengizi fojiasini mujassamlashtiradigan “Kemalar qabristoni”, Qoraqolpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi Saviskiy nomidagi muzey va dunyoga “sahrodagi Luvr” nomi bilan tanilgan joylarga ekskursiya uyushtirishni oʻz ichiga oladi.

Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishdardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumining

MADANIY DASTURI

27-aprel

0725

- Toshkentdan yoʻlga chiqish

0855 – 0930

- Mehmonlarni Urganch xalqaro aeroportida kutib olish

0930

- Xiva shahriga yoʻl olish

1000 – 1200

- Xiva shahridagi obidalarni tomosha qilish

(“Ichan qalʼa” majmuasi, Muxammad Aminxon nomidagi madrasa va minora, Polvon qori majmuasi, Koʻhna ark qalʼasi va zindoni, Muxammad Raximxon II ning madrasasi (Xiva tarixiy muzeyi), Sayid Allovuddinning memoriali, Qozi kalon madrasasi (musiqa muzeyi), Sher Gʻozixon madrasasi (tarixiy muzeyi), Sayid Islom xoʻja minora va madrasasi (amaliy sanʼat muzeyi)

1200 – 1300

- Tushlik (Xiva folklor ansambli konsert dasturi bilan)

1300 – 1600

- Ekskursiyani davom ettirish

(“Ichan Qalʼa” majmuasi, Arabxon madrasasi, Muxammad Amin inoq madrasasi (Mustaqillik muzeyi), Uch avliyo madrasasi, Tosh hovli, Allaqulixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi (tabiat muzeyi)

1620 – 1730

- “Nurullaboy” majmuasini tomosha qilish

1800 – 1930

- Kechki ovqat

1940

- Nukus shahriga yoʻl olish

2200

- Nukus shahridagi mehmonxonaga yetib kelish

28-aprel

0600 – 0700

- Mehmonxonada nonushta

0700

- Moʻynaq tumaniga yoʻl olish

1000 – 1030

- Kofe-breyk


1030 –1200

- Moʻynoq tumanida ekskursiya

(Orol dengizi va Moʻynoq oʻlkashunoslik tarixiy muzeyi, Kemalar qabristoni, Orol dengizi qiyaligi)

1200

- Nukusga yoʻl olish

1400 – 1500

- Tushlik

1500 – 1700

- Nukus shahrida joylashgan Saviskiy nomidagi muzeyga ekskursiya

1700 – 1900

- Kechki ovqat

2025

- Mehmonlarni Nukus xalqaro aeroportiga kuzatish va Toshkent shahriga qaytish

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS