Ishtirok etish shartlari

2020-yilning 23-25-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish shartlari

“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumida ishtirok etish uchun 2020-yil 10-aprelga qadar saytning “Roʻyxatdan oʻtish” rukniga ariza topshiriladi. Ishtirok etish summasi pastda koʻrsatilgan hisob raqamlardan biriga toʻliq kelib tushishi bilan shaxsning Forumda ishtirok etishi tasdiqlangan hisoblanadi. Toʻlov pul koʻchirish yoki naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Ishtirokchilar toifasi

Premium

(2 kun mobaynida tushlik, kofe-breyk va konsert dasturi hamrohligida kechki ovqatni qoʻshgan holda plenar yigʻilishlarda, muhokama sessiyalarida ishtirok etish)

Standart* 

(2 kun mobaynida tushlik va kofe-breykni qoʻshgan holda plenar yigʻilishlarda, muhokama sessiyalarida ishtirok etish)

Maxsus* 

talabalar, aspirantlar, doktorantlar uchun

(2 kun mobaynida tushlik va kofe-breykni qoʻshgan holda muhokama sessiyalarida ishtirok etish)

Xorijiy ishtirokchilar

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish – 650 $

2. Jamoaviy roʻyxatdan oʻtish (bir tashkilot tomonidan 3 yoki undan ortiq kishi, har bir kishidan) – 500 $

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganda – 400 $

2. Jamoaviy roʻyxatdan oʻtganda (bir tashkilot tomonidan 3 yoki undan ortiq kishi, har bir kishidan) – 300 $

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganda – 300 $

2. Jamoaviy bo`lib roʻyxatdan oʻtganda (3 yoki undan ortiq kishi, har bir kishidan) – 200 $

Milliy ishtirokchilar

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganda – 3 500 000 soʻm

2. Jamoaviy roʻyxatdan oʻtganda (bir tashkilot tomonidan 3 yoki undan ortiq kishi, har bir kishidan) – 3 000 000 soʻm

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganda – 1 500 000 soʻm

1. Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganda – 1 000 000 soʻm

* Konsert dasturi hamrohligidagi kechki ovqat qoʻshilmagan.

Yakka tartibda 2020-yilning 1-apreliga qadar roʻyxatdan oʻtgan xorijiy ishtirokchi uchun Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekistonga kirish vizasi bepul rasmiylashtirish uchun quyidagi maʼlumotlar info@tashkentlawspring.uz elektron manziliga “Viza boʻyicha yordam” soʻzlarini mavzuga yozgan holda yuborilishi lozim:

- roʻyxatdan oʻtganlik va toʻlovni amalga oshirganlikning tasdigʻi;

- toʻldirilgan elektron ariza;

- pasport, aviachipta nusxasi va mehmonxona broni.


Tegishli tartibda Forum roʻyhatidan oʻtgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.

Xorijiy qatnashchilarning Oʻzbekiston vazirlik (idora) va tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari bilan uchrashuv tashkillashtirish haqidagi soʻrovlari 2020-yilning 1-martiga qadar registration@tashkentlawspring.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Madaniy dastur

Yoʻnalishlar

Narx

1.

Buxoroga sayohat (2 kun)

$ 200

2.

Samarqandga sayohat (1 kun)

$ 100

3.

Toshkent boʻylab sayohat (1 kun)

$ 50

4.

Xiva va Nukusga sayohat (2 kun)

$ 300

5.

Fargʻona viloyatiga sayohat (2 kun)

$ 200

Izoh: madaniy dastur faqatgina chegirmasiz asosda roʻyhatdan oʻtgan xorijiy ishtirokchilarga moʻljallangan.

Forum sessiyalari o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Forumda ishtirok etish bilan bogʻliq barcha savollarni registration@tashkentlawspring.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin. 

► Shartnomani yuklab olish

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS