Samarqandga sayohat

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi (Forum) tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekistonning mashhur shaharlari, shu jumladan Samarqand shahri boʻylab madaniy dastur ishlab chiqildi.

100 AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha toʻlov evaziga ishtirokchilar Samarqand shahriga tashrif buyurib, u yerdagi Yuneskoning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy 
va madaniy yodgorliklarni tomosha qilishlari mumkin boʻladi.

Turistik paket narxiga Toshkent-Samarqand va orqaga qaytish uchun temir yoʻl transporti chiptalari, tushlik, shuningdek tarixiy va madaniy obidalar joylashgan joylarga olib borish va tomosha qildirish kiradi.

Forum oʻtkazish payti Oʻzbekistonda turistik mavsumga toʻgʻri kelishini inobatga olib, ishtirokchi taklif etilgan yoʻnalishdardan (Buxoro, Samarqand, Xiva-Nukus, Toshkent, Fargʻona viloyati) faqat bittasini tanlashi mumkin.

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik Forumining

MADANIY DASTURI

27-aprel

730

- Samarqand shahriga yoʻlga chiqish

1010

- “Afrosiyob” poyezdida Samarqand shahriga yetib kelish

1020 - 1300

- Samarqand shahri obidalarini tomosha qilish (Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, 
Goʻri Amir maqbarasi, Registon maydoni)

1300 -1500

- Tushlik

1500-1700

- Samarqand shahri obidalarini tomosha qilish (Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi, “Afrosiyob” muzeyi)

1700

- Samarqand temir yoʻl vokzaliga yoʻl olish

1730

- “Afrosiyob” poyezdida Toshkent shahriga yoʻl olish

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS