Oʻzbekistonga kirish vizasi

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.

Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 48 kb); 

evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;  

- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari; 

- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.); 

- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari; 

- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi; 

- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari; 

- Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 45 kb); 
evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 
- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari; 
- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli; 
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa); 
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim); 
- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi; 
- 2 ta rangli fotosurat (pasport o‘lchamida).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari; 

15 kungacha — 50 AQSh dollari; 

30 kungacha — 60 AQSh dollari; 

3 oygacha — 80 AQSh dollari; 

6 oygacha- 120 AQSh dollari; 

1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari; 

1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari; 

ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun); 

30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-oktabrdagi “Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida”gi 3347-sonli qaroriga bilan Turkiya fuqarolarining quyidagi toifalariga viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi:

- O‘zbekistonga ishbilarmonlik maqsadida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 yilgacha muddatga ko‘p martalik vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekistonning xorijdagi muassasalari tomonidan taklif qilayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi TIVga murojaat etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi;

- O‘zbekistonga turist sifatida tashrif buyuruvchi Turkiya fuqarolari uchun 1 oygacha muddatdagi vizalar 3 ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan turistik turvaucherlar yoki O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish talabi bekor qilingan holda rasmiylashtiriladi.

O‘ZBEKISTONNING ALOHIDA DAVLATLAR BILAN VIZA TARTIBI

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. Fransiya, Germaniya, Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday kategoriyadagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushbu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 2018-yil 10-fevraldan dunyoning 39 davlati (davlatlar ro‘yxati quyida keltirlgan) fuqarolari uchun hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida turistik vizani rasmiylashtirishning yengillashtirilgan tartibi joriy etildi va sayyohlik ruxsati (turvaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslarning murojaat qilishi bekor qilindi.

Ilgari Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun ham vizalar rasmiylashtirishnig yengillashtyirilgan tartibi joriy etilgan edi.

Mazkur davlatlar sayyohlariga 1 oy muddatga ko‘p marotabalik, biznes vakillari uchun esa 1 yil muddatga ko‘p marotabalik vizalar beriladi. Bunda sayyohlik ruxsati (tur-vaucher) yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilayotgan jismoniy/yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan murojaatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Vizalar hujjatlar qabul qilingan kundan tashqari 2 ish kuni davomida rasmiylashtirib beriladi.

4. Tojikiston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya, Estoniya, Quvayt va Turkiya (90 kungacha) diplomatik passport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilgan. Ushbu davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq va mamlakatga chet el fuqarolari kirish tartibini takomillashtirish maqsadida 2018-yil 15-iyuldan e’tiboran quyidagilar joriy etildi:

- elektron turistik viza olish: Ushbu tizim viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanishi mumkin bo‘lgan 51 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan amal qiladi;

- O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz kirish: Ushbu tartib 101 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O'zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi;

- 16 yoshga to'lmagan xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi: Bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

 

Soddalashtirilgan tartibda hamda “e-visa.gov.uz” portali orqali turistik viza rasmiylashtirish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan.

1. Albaniya 
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari 
3. Andorra 
4. Avstraliya 
5. Avstriya 
6. Belgiya 
7. Birlashgan Arab Amirliklari 
8. Bolgariya 
9. Bosniya va Gertsegovina 
10. Buyuk Britaniya 
11. Daniya 
12. Estoniya 
13. Finlandiya 
14. Fransiya 
15. Germaniya 
16. Gollandiya 
17. Gretsiya 
18. Hindiston 
19. Irlandiya 
20. Islandiya 
21. Ispaniya 
22. Italiya 
23. Kanada 
24. Latviya 
25. Litva 
26. Lixtenshteyn 
27. Luksemburg 
28. Makedoniya 
29. Malta 
30. Monako 
31. Norvegiya 
32. Polsha 
33. Portugaliya 
34. Quvayt 
35. Ruminiya 
36. San-Marino 
37. Saudiya Arabistoni 
38. Serbiya 
39. Slovakiya 
40. Sloveniya 
41. Tailand 
42. Vatikan 
43. Vengriya 
44. Xitoy 
45. Xorvatiya 
46. Yangi Zelandiya 
47. Chernogoriya 
48. Chexiya 
49. Shvetsiya 
50. Shveysariya 
51. O‘mon

O'zbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish, 5 kungacha bo’lish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya 
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari 
3. Andorra 
4. Antigua va Barbuda 
5. Argentina 
6. Avstraliya 
7. Avstriya 
8. Bagama 
9. Bahrayn 
10. Barbados 
11. Belgiya 
12. Beliz 
13. Birlashgan Arab Amirliklari 
14. Bolgariya 
15. Bosniya va Gertsegovina 
16. Braziliya 
17. Bruney Dorussalom 
18. Butan 
19. Buyuk Britaniya 
20. Daniya 
21. Dominika 
22. Dominikan Respublikasi 
23. Ekvador 
24. Ekvatorial Gvineya 
25. Estoniya 
26. Fiji 
27. Filippin 
28. Finlyandiya 
29. Fransiya 
30. Gabon 
31. Germaniya 
32. Gollandiya 
33. Gonduras 
34. Grenada 
35. Gretsiya 
36. Guyana 
37. Gvatemala 
38. Hindiston 
39. Irlandiya 
40. Islandiya 
41. Ispaniya 
42. Italiya 
43. Janubiy Afrika Respublikasi 
44. Jazoir 
45. Kanada 
46. Kipr 
47. Kolumbiya 
48. Kosta-Rika 
49. Latviya 
50. Litva 
51. Livan 
52. Lixtenshteyn 
53. Luksemburg 
54. Makedoniya 
55. Maldiv orollari 
56. Malta 
57. Marokash 
58. Mavrikiy 
59. Meksika 
60. Mo‘g‘uliston 
61. Monako 
62. Nauru 
63. Norvegiya 
64. Palau 
65. Panama 
66. Peru 
67. Polsha 
68. Portugaliya 
69. Qatar 
70. Quvayt 
71. Ruminiya 
72. San-Marino 
73. Sant-Kits va Nevis 
74. Saudiya Arabistoni 
75. Sent Lyusiya 
76. Sent-Vinsent va Grenadina 
77. Serbiya 
78. Seyshel orollari 
79. Slovakiya 
80. Sloveniya 
81. Surinam 
82. Tailand 
83. Trinidad va Tobago 
84. Tunis 
85. Turkmaniston 
86. Urugvay 
87. Vatikan 
88. Venesuela 
89. Vengriya 
90. Vyetnam 
91. Xitoy 
92. Xorvatiya 
93. Yamayka 
94. Yangi Zelandiya 
95. Chernogoriya 
96. Chexiya 
97. Chili 
98. Shri-Lanka 
99. Shvetsiya 
100. Shveysariya 
101. O‘mon

Izoh: O'zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish va uni uzaytirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Tashkilotchi

Minjust

Hamkorlar

Adolat
RILP
CIS