Forum ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi
2023-yil 10-martdan “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi.
Ta’kidlash joizki, Forum faqat o‘zini-o‘zi qoplash hisobiga o‘tkazilmoqda. Barcha tashkiliy xarajatlar Forumning rasmiy hamkorlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari hisobidan qoplanadi.
Bo‘lajak Forumda ishtirok etish uchun ushbu veb-saytdan quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://reg.tashkentlawspring.uz/.
Har bir xorijiy ishtirokchi uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi miqdori 500 AQSh dollari, har bir milliy ishtirokchi uchun – 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.
Ushbu to‘lov hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
– ishtirokchining xohishiga ko‘ra yalpi majlis, muhokama sessiyalari va mahorat darslarida qatnashish;
– Forumning ikki kuni davomida kofe-breyklar, tushlik, kechki ovqatlar, shu jumladan yakuniy gala-kechki ovqat.
Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega bo‘ladilar. O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.