“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi
DASTURI
FUNDAMENTAL HUQUQLAR BARHAYOT QADRIYATLAR SIFATIDA
Dastur 2023-yil 16-fevral holatiga aktual hisoblanadi
Dastur 2023-yil 16-fevral holatiga aktual hisoblanadi
Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin
YALPI YIG‘ILISH |
|||
Forumning asosiy mavzusi: «FUNDAMENTAL HUQUQLAR BARHAYOT QADRIYATLAR SIFATIDA» |
|||
Shakl: offlayn |
|||
Kirish so‘zlar |
|||
Muhokama sessiyasi<> |
|||
« NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISH: MEDIATSIYADAN ARBITRAJGACHA» Hozirgi kunda, iqtisodiyotning jadal globallashuvi, qonunchilikning mintaqaviy va xalqaro miqyosda unifikatsiya qilinishi sharoitida, milliy va xalqaro miqyosda bozor munosabatlarining asosiy elementlaridan biri bo‘lmish xalqaro arbitrajning nizolarni hal etishning muqobil shakli sifatida ahamiyati tobora ortib bormoqda. Savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi bilan Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston o‘sish nuqtalaridan biriga aylanib bormoqda. Iqtisodiy o‘sish yuzaga keladigan nizolarni tez va samarali hal etish muhim shartlaridan biri hisoblanadigan faol investitsiya siyosatini nazarda tutadi. Bu borada investitsiya va tijorat arbitraji uzoq vaqtlardan buyon transchegaraviy nizolarni hal qilishning afzal mexanizmlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda mazkur sohada huquqiy va tashkiliy asoslar yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun arbitraj kelishuvi tuzish mexanizmini, arbitrlarni tayinlash va arbitraj muhokamasini yuritish tartibini belgilab berdi. Shunday qilib, O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan investorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy sharoitlar yaratildi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, arbitraj muhokamasi fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lib, jamoat uchun muhim funktsiyalarni bajaradi va nizolarni hal qilishning muqobil usuli hisoblanadi. Shu munosabat bilan mazkur muhokama sessiyasida quyidagi masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan: – investitsion va tijorat arbitrajlarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik yondashuvlarini va ushbu sohaga oid ilg‘or xorjiy tajribani tahlil qilish; – arbitrajni kelgusida Markaziy Osiyo mintaqasining milliy kontekstiga yanada tadbiq etishning amaliy usullarini aniqlash; – arbitraj muhokamasini yuritish uchun zarur bo‘lgan moddiy bazani mustahkamlash; – arbitraj muhokamalari doirasida kasbiy va axloqiy me’yorlarni yaratish; – arbitraj hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash; – milliy davlat xususiyatlari va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda yuqori malakali professional arbitrlar jamoasini shakllantirish. |
|||
«RAQOBATBARDOSH HUQUQIY BAZA ZAMONAVIY HUQUQ IJODKORLIGINING ASOSIY QADRIYATI SIFATIDA» Davlat siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan huquq ijodkorligi jarayonining sifatiga bog‘liq. Texnologik taraqqiyot va turmush sharoitining keyingi o‘zgarishlari huquqiy bazani doimiy ravishda takomillashtirishni talab etadi. Shu munosabat bilan huquqiy baza doimiy rivojlanish dinamikasida. Asosiy maqsad - zamonaviy huquqiy munosabatlarni sifatli huquqiy tartibga solishni ta’minlash. Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda milliy huquq maktabi uchun tartibga solish taʼsirini baholash, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi va gender-huquqiy ekspertiza, gilyotina usuli orqali qonunchilikni tizimlashtirish, huquq ijodkorligini elektron shaklga o‘tkazish kabi mutlaqo yangi institular joriy qilindi. Bu boradagi ishlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida davom etmoqda. Ammo zamonaviy sharoitda bu yanada operativ va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Operativlik masalasida, o‘zgarishlar tezligi ortib bormoqda, bunga mos ravishda qonun chiqaruvchilar huquqiy doiralarni yaratishga ulgurishlari kerak. Ijodiy yondashuv qonun chiqaruvchilarning o‘zgarishlar ruhini his qilish qobiliyatidadir. Bugungi kunda dunyo amalda raqamli davrda yashaydi. Lekin amaldagi huquqiy doiralar an’anaviy shakldagi huquqiy munosabatlar uchun yaratilgan. Shunga ko‘ra, texnologik taraqqiyotga mos keladigan fundamental huquqlarni taʼminlashda bo‘shliqlar kuzatilmoqda. Albatta, bu mavzu global va fanlararo xususiyatga ega. Lekin taʼkidlangandek, asosiy narsa birinchi qadamni qo‘yishdir. Bu qadam esa, bizning fikrimizcha, eng avvalo huquq ijodkorligi texnikasini takomillashtirishdan iborat bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan, ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – qonunchilikni ma’lumotlar asosida baholash metodologiyasi; – eng yaxshi tartibga solish; – qisqa muddatda ishlab chiqilayotgan qonun loyihasining sifatini qanday ta’minlash mumkin; – qonunchilik kod sifatida (algoritmik tartibga solish); – prognozlashtirish va qonunchilik barqarorligini taʼminlash; – tartibga solish taʼsirini baholash; – normativ-huquqiy hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning zamonaviy usullari; – qonunchilik samaradorligining tahlili va boshqa. |
|||
«FUQAROLIK KODEKSI: YANGILIKKA YO‘NALISH» – Rim huquqi an’analarini qaytargan va qonun chiqaruvchilar uchun namuna bo‘lgan tarixdagi eng muhim normativ-huquqiy hujjatlardan biri 215 yil oldin qabul qilingan: 1804-yil 21-martda Fransiyada Napoleon Kodeksi deb ham ataladigan Fuqarolik kodeksi kuchga kirdi. Ushu masala bo‘yicha Napoleon shunday derdi: “Mening shon-shuhratim qirqta jangda g‘alaba qozonganligimda emas, balki hech qachon unutilmaydigan, abadiy yashaydigan narsa – bu mening Fuqarolik Kodeksim”. Fuqarolik kodeksi fuqarolik huquqini kodifikatsiyalash hujjati sifatida butun fuqarolik-huquqiy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan u “Iqtisodiy Konstitutsiya” deb ataladi. Fuqarolik huquqining asosiy prinsiplari fundamental xususiyatga ega. Buning yorqin dalili fuqarolik qonunchiligining asosiy tamoyillari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan Rim xususiy huquqi postulatlarining aktualligidir. Fuqarolik qonunchiligida vaqt bo‘yicha vorislik majburiy bo‘lib, bu o‘tmishdan hozirgi kunga va kelajakka izchil o‘tishni nazarda tutadi. O‘tishning asosiy maqsadi barqaror kodifikatsiyalashtirilgan qonunlar asosida yangi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishdir. Shu bois, boshqa ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham Fuqarolik kodeksini yangilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu bir necha sabablarga bog‘liq. Birinchidan, texnologik taraqqiyot va raqamli formatga o‘tish. Ikkinchidan, globallashuv. Zamonaviy biznes ingliz huquqi qoidalariga muvofiq harakat qilishni afzal ko‘radi. Uchinchidan, integratsiya. Gap, xususan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash haqida ketmoqda. Shu munosabat bilan ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – huquqni qo‘llash amaliyotini yanada zamonaviy va raqobatbardosh qilish imkonini beradigan yangiliklar; – shartnoma huquqini takomillashtirish va shartnomalarning ayrim turlarini modernizatsiya qilish; – meros huquqini isloh qilish; – ashyoviy huquqning keng tizimi; – korporativ munosabatlarning zamonaviy huquqiy bazasi; – majburiyatlarni bekor qilish va o‘zgartirish; – raqamlashtirish va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining elektron o‘zaro hamkorligini huquqiy tartibga solish; – xususiy huquqning asosiy tarmog‘i sifatida fuqarolik huquqining rivojlanish muammolari va boshqa. |
|||
«KORRUPSIYAGA QARSHI SIYOSAT» Qonun ustuvorligi prinsipi asosida shaxsning fundamental huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni korrupsiyaga qarshi kurashsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois xalqaro va milliy miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti korrupsiyani barcha mamlakatlarga ta’sir qiluvchi murakkab ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy hodisa sifatida ko‘radi. Transparency International tashkiloti korrupsiyani ishonib topshirilgan vakolatni shaxsiy manfaatlar uchun suiiste’mol qilish sifatida belgilaydi. Korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish barcha darajadagi hokimiyat organlarining ustuvor vazifasidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi korrupsiyaning oldini olish va uni yo‘q qilish barcha davlatlarning mas’uliyati ekanligini va bu sohadagi say-harakatlari samarali bo‘lishi uchun davlat sektoridan tashqari bo‘lgan fuqarolik jamiyati, nohukumat tashkilotlari hamda birlashma asosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar kabi alohida shaxslar va guruhlarning qo‘llab-quvvatlashi va ishtirokida bir-biri bilan hamkorlik qilishi kerakligini ta’kidlaydi. Ushb jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari va har bir shaxs alohida faol ishtirok etgan taqdirdagina korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Har birimiz qonunga muvofiq yashashimiz va mehnat qilishimiz hamda korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy ishiga hissa qo‘shishimiz kerak. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – korrupsiyani oldini olish, unga kurashishning zamonaviy usullari; – davlat xizmatida korrupsiyaga barham berishning ilg‘or tajribalari; – korrupsiya, inson huquqlari va sud organlarining mustaqilligi; – qadriyatlar va ishonch korrupsiyaga munosabat omillari sifatida; – ochiqlik va oshkoralik korrupsiyaga qarshi kurash usullari sifatida; – korrupsiya risklarini minimallashtirish maqsadida davlat, jamiyat va biznes o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish va elektron formatga o‘tkazish; – komplayens-nazorat va boshqa. |
|||
«YURIDIK KADRLARNI UZLUKSIZ PROFESSIONAL RIVOJLANTIRISH» Bir hikmatli maqol: “Bir umr yasha, bir umr o‘rgan”. Bu, ayniqsa, huquqshunoslar uchun aktual hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi turli kasblarning, jumladan, huquqshunoslarning ham transformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda huqushunoslarga “hard skills”, “soft skills” kabi ko‘nikmalar kerak. “Hard skills” atamasi qonunchilik, doktrina va sud amaliyotini bilishni anglatadi. “Soft skills” esa – yumshoq, moslashuvchan, qo‘shimcha, amaliy ko‘nikmalar va boshqalar. Oddiy qilib aytganda, bu atama huquqshunoslarning nafaqat kasbiy samaradorligini oshirish, balki uning hayotining qanday rivojlanishiga ham ta’sir qiluvchi shaxsiy fazilatlari va ko‘nikmalarini anglatadi. Agar “Hard skills”ning bazaviy ko‘nikmalari asosan oliy o‘quv yurtida o‘qish paytida shakllansa, u holda “Soft skills” ko‘nikmalar huquqshunosning butun kasbiy faoliyati davomida shakllanadi. Uzluksiz ta’lim nuqtai nazaridan, shu jumladan malaka oshirish orqali, turli kasbiy ta’lim muassasalari huquqshunoslarga keladi. Masalan, Adliya vazirligi tizimida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan bir qatorda Yuristlar malakasini oshirish markazi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Fundamental huquqlarni ta’minlashda huquqshunoslarning malakasini oshirishning ahamiyati ularning ish sifatini oshirish hisoblanadi. O‘z navbatida, huquqshunoslarning yuqori sifatli ishi fundamental huquqlarni ta’minlashning garovidir. Huquqshunoslarning professional darajasini saqlab qolish va oshirish ularning kasbiy majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishi uchun zarurdir. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – yuridik kadrlarning uzluksiz malakasini oshirishning tashkiliy va uslubiy asoslarini takomillashtirish; – huquqshunoslarning malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or jahon amaliyotlari; – huquqshunoslarda tanqidiy, konstruktiv va ijodiy fikrlashni shakllantirish; – zamonaviy huquqshunosning muhim ko‘nikmalari; – huquqshunoslar malakasini oshirishning zamonaviy yo‘nalishlari va boshqa. |
|||
Davra suhbati |
|||
«SUD EKSPERTIZASI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI» Sud ekspertizasi – fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakatdir. Qonun ustuvorligini taʼminlashda sud ekspertizasining alohida o‘rni bor, modomiki, fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini himoya qilishning samaradorligi bevosita sudlarni ishonchli va inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar bilan taʼminlashga bog‘liq. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – sud ekspertizasining xolisligi va mustaqilligini ta’minlash; – sud-ekspertiza faoliyatini kengaytirish, sud ekspertizasi sifati va ishonchliligini oshirish; – sud-ekspertiza faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan metodologiya va reglamentlarni takomillashtirish, shuningdek, sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy qilish; – sud-ekspertiza faoliyatida kadrlar salohiyatini oshirish, sud ekspertlarini tayyorlashning samarali tizimini yaratish; – nodavlat sud ekspertiza institutini rivojlantirish; – kompleks ekspertizalarni rivojlantirish tendensiyalari; – axborot texnologiyalariga asoslangan sud-ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va boshqalar. |
|||
«RAQAMLI AVLOD UCHUN YURIDIK TAʼLIMNING YANGICHA QARASH VA ISTIQBOLLARI» Kadrlar hamma narsani hal qiladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston uchun raqamli avlodni uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik muhim, bu esa ushbu yosh guruhida uning ustuvor yo‘nalishlari, qadriyatlari va hayot rejalari doirasini aniqlash, shuningdek, olingan natijalarni yetakchi iqtisodiyotlar bilan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish maqsadida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazishni talab qiladi Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish uning ko‘rinishini, o‘qitish metodikasi va yondashuvini o‘zgartiradi. Anʼanaviy taʼlim shakllari o‘rniga bilim olish va tarqatish, ko‘nikmalarni shakllantirishning prinsipial boshqa usullarini nazarda tutuvchi texnologiyalar kirib kelmoqda. Zamonaviy yurisprudensiya global kasbga aylanib bormoqda. Bu huquqshunoslarning ko‘p bosqichli va uzoq muddatli kasbiy tayyorgarligini nazarda tutadi. Ta’limning raqamli modelini joriy qilishda yuridik ta’limning klassik qadriyatlari va maqsadlarini saqlashga ustuvor ahamiyat berilishi kerak. Yuridik oliy taʼlim muassasalari talabalarida raqamli tizimlar orqali o‘zaro munosabatlar madaniyatini, shaxsga doir ma’lumotlarni va qonun bilan qo‘riqlanadigan sir turlarini saqlash bo‘yicha xavfsizlik choralarini inobatga olish qobiliyatini rivojlantirish kerak. Bu esa, o‘z navbatida, tahliliy fikrlashni shakllantirishni taqozo etadi. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – yuridik ta’limni raqamli transformatsiyasining ijobiy va salbiy tomonlari; – yuridik ta’lim sifatini tanqidiy qayta baholash; – yurisprudensiyaning fundamental (tahliliy) yangi standartlari; – huquqshunoslarning raqamli savodxonligi va kompetensiyalari; – yuridik fanlar o‘qituvchilarining yangi avlodini tayyorlash; – zamonaviy ta’lim texnologiyalari va boshqa. |
|
|
|
«RAQAMLI DAVRDA NOTARIUS» Global raqamlashtirishning yangi davrida notarius kasbi o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy formatlarga tez moslashib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Zamonaviy notarius – birinchi navbatda, huquqning turli sohalarini biladigan, mijozning haqiqiy niyatlarini tez va ishonchli tarzda aniqlay oladigan yuqori malakali huquqshunosdir. Bugun hayotni notariussiz tasavvur qilish qiyin. Mazkur jamoat instituti fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini mas’uliyat bilan himoya qilib, ko‘plab masalalarni hal qiladi. Darhaqiqat, notariat faoliyatining yaqin tarixi va buguni mas’uliyatli rivojlanish, tashabbuskorlik va uzoqni ko‘ra bilish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot samarasini jamiyat manfaati yo‘lida huquqiy tizimga tatbiq etish qobiliyatining jamlangan namunasiga aylandi. Biroq, bu yo‘nalishda hali qiladigan ishlar bor. O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va Adliya vazirligi oldiga yangi istiqbolli vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini yanada ta’minlash, shuningdek, byurokratiya, qog‘ozbozlik, korrupsiya va boshqa ijtimoiy salbiy holatlarga barham berish imkonini beradi. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – masofaviy, mobil notarius; – notariatda mediatsiya; – aholiga notarial xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar; – fuqarolik muomalasini raqamlashtirish jarayonida notariatni rivojlantirish; – raqamli iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda notariatning roli; – notariatning ijtimoiy funksiyasi va boshqa. |
|
|
|
«DAVLAT XIZMATLARI: MUVAFFAQIYATLAR, VAZIFALAR VA ISTIQBOLLAR» Davlat xizmatlarini raqamlashtirish davlat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish, hokimiyat va aholi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan faol foydalanilmoqda. Ushbu vazifalar elektron hukumat tizimini rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Davlat sektoridagi keng ko‘lamli islohotlar vazirlik va idoralarni keng jalb etgan holda, istisnosiz, faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishni taʼminlash maqsadida har bir tuman (shahar)da Davlat xizmatlari markazlari (DXM) tashkil etildi. Faoliyatining boshida DXM faqat 37 turdagi xizmatlarni taqdim etar edi. Bugungi kunda mazkur koʻrsatkich 258ga oshdi. 2018-2022-yillarda DXM orqali jami 40 milliondan ortiq xizmatlar koʻrsatildi. Yo‘nalishning joriy holati va ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi hamda uni 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Ushbu hujjat “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaro eʼtibor markazida” (Citizen – centric service) tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Ushbu muhokama sessiyasida quyidagi mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan: – davlat xizmatlarini yanada raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; – davlat xizmatlari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar; – raqamlashtirishni rivojlantirish; – raqamli iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlat xizmatlarining o‘rni. |
|
|
|
«INTELLEKTUAL MULK EKOTIZIMI – O‘ZBEKISTONNING INNOVATSION VA SANOAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH INSTRUMENTI» Bugungi kunda intellektual mulk har bir mamlakat iqtisodiy rivojlanishining eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy intellektual mulk ekosistemasi shakllangan mamlakatlarning barchasi xalqaro iqtisodiy maydonda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Oʻz navbatida, ekosistema ijodiy va tadbirkorlik faoliyati vakillariga zamonaviy iqtisodiyotni barpo etishning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan yangi intellektual mulk obyektlari, jumladan, ixtirolar, dasturiy taʼminot va individuallashtirish vositalarini (brendlar) yaratish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish muvaffaqiyatli intellektual mulk ekosistemasining mavjudligiga bog‘liq. Zero, zamonaviy iqtisodiyotning muhim qismi inson Bundan tashqari, intellektual mulk ekosistemasini shakllantirish xorijiy investorlarni jalb qilishda muhim o‘rin tutadi, chunki bu mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish omillaridan biri sanaladi. Intellektual mulk obyektlarini rag‘batlantirish va ishonchli huquqiy himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda innovatsion va sanoat muhitini yaratish investitsion jozibadorlikning tarkibiy elementlari hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiyotda mahsulot qo‘shilgan qiymatining asosiy qismi intellektual mulk narxidir. Aynan yaratuvchi inson kapitali yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish jarayonini jadallashtiradi. Qisqa qilib aytganda, sog‘lom intellektual mulk ekosistemasining ishlashi jamiyat iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ko‘rsatkichidir. |
|
|
|
Master-klass |
|||
«MA’MURIY TARTIB-TAOMILLAR: HUQUQIY SAVODSIZLIKNI BARTARAF ETISH YOHUD MURAKKAB MASALANI SODDA TILDA TUSHINTIRISH» Milliy qonunchilikka ko‘ra, ma’muriy tartib-taomil – ma’muriy organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalardir. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida davlat organlari tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishni tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan qonun mavjud emas edi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni 2017-yilda qabul qilinib, 2018-yildan kuchga kirdi. Biroq, ekspertlar taʼkidlaganidek, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun sust va beixtiyor qoʻllanilmoqda, garchi uning sharofati bilan jamiyat, biznes va davlat fundamental huquqlarni taʼminlash va investitsiyalarni jalb qilishda katta yutuqlarga erishish mumkin edi. Buning sababi, ehtimol, ushbu institutning asosiy qoidalarini tushunish qiyinligidadir. Shu munosabat bilan, Forum dasturida ma’muriy tartib-taomillar bo‘yicha master-klass o‘rin olgan.
|
|||
«O‘ZBEKISTON YANGI MEHNAT KODEKSI» 2022-yilda O‘zbekistonda yangi Mehnat kodeksi qabul qilingan bo‘lib, u 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi. Kodeksning yangi tahriri 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat. Yangi kodeks quyidagi yangiliklarni nazarda tutadi: – ishdan bo‘shatish nafaqasi miqdorining ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liqligi; – mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish shartlari yangilandi; – individual mehnat munosabatlarining paydo bo‘lishi uchun asoslar kengaytirildi; – mehnatni oilaviy majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirgan xodimlarning mehnatini tartibga solishda “gender betarafligi” tamoyilini ta’minlash; – mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik tushunchasi mustahkamlangan; – mehnat jarayonlarini raqamlashtirishning asosiy masalalari tartibga solingan; – xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish mexanizmi joriy etildi; – ish vaqtining turlari kengaytirildi; ish haqi tizimi aniqlashtirildi va boshqa.
|
|
|
|
|
|
|
|